» » Ko'krakdan sut kelishi sabablari

Ko'krakdan sut kelishi sabablari

admin | 0 комментариев | 28 просмотров
08
09
2019
Ko'krakdan sut kelishi sabablari
0 голосов
  • KINO KO'RISH
  • SERIAL QISMLARI
Ko'krakdan sut kelishi sabablari va davolanishi bir masala bo'lsa, undan boshqa turdagi suyuqliklar yoki qon ajralishi boshqa masala. Quyida aynan sut kelishi haqida ma'lumot taqdim etamiz.
 Yaqin orada homilador bo'lmagan yoki farzandini emizmagan ayolning ko'kragidan sut kelishi normal holat bo'lmagani bilan, ko'pincha jiddiy muammo ham emas. 
Ko'krakdan sut kelishining 10% holatlari jiddiy kasallikdan dalolat berishi mumkin.
Sut ikkala ko'krakdan yoki faqat bir ko'krakdan ajralishi mumkin.
Ajralmalar rangi: oq, sarg'ish, rangsiz, hatto yashilroq bo'lishi mumkin. 
Ajralmalar ko'krakni siqqanda yoki tegmagan holda ham chiqishi mumkin.
Ko'krakda sut borligi tez-tez tekshirilishi sut ajralishini yanada ko'paytiradi. Ko'krakdan sut kelishini to'xtatish kerak bo'lsa, imkon qadar ko'krakni stimulyasiya qilmaslik, tinch qo'yish kerak.
Ko'krakdan sut ajralishining sabablari qanday?
Homiladorlik davri. Bunda organizm tug'ilajak bolani emizish uchun ko'krak bezlarini tayyorlayotgan bo'ladi, shunda ko'krakdan oz miqdorda sut kabi suyuqlik ajraladi. Bu normal holat.
Emizish davri. Bola ko'krakni emishi natijasida prolaktin gormoni tufayli ko'krakda sut ishlab chiqiladi. Bu normal holat.
Emizishdan ajratish davri. Bola biron vaqt mobaynida emizilgan bo'lib, ko'krakdan ajratilganda sut birdaniga to'xtamaydi. Uni boshida kamayishini, so'ng to'xtashini ta'minlash uchun ba'zi muolajalar talab etilishi mumkin(Bolani emizishdan chiqarish).
Yuqoridagi holatlardan mustasno ravishda stimulyasiya. Ba'zida ko'krakni ortiqcha siqish, ezish yoki stimulyasiya qilish natijasida undan suyuqlik ajralishi kuzatiladi. Bu normal holat emas.
Stimulyasiya deganda jinsiy aloqa davomidagi ko'krakning tegilishi ham tushuniladi.
Normal bo'lmagan holda ko'krakdan sut ajralishining sababi nima?
1. Ko'krakda fibroid usmitalarning rivojlanishi;
2. Galaktoreya. Unga quyidagilar sabab bo'ladi:
  • Gipofizda o'smita(saratonga aloqasi bo'lmasligi ham mumkin) paydo bo'lishi;
  • Ba'zi gormonal dori-vositalari(homiladorlikdan saqlanish vositalari, jig'ildoq qaynashiga qarshi vositalar, ba'zi og'riq qoldiruvchi vositalar, qon bosimi dorilari, antidepressantlar);
  • Psixotropik dori-vositalari;
  • Fenhel va yana bir qator o't damlamalari;
  • Qalqonsimon bezi kasalliklari;
  • Ko'krak shikkastlanishi;
  • Gipotolamuz (prolaktin ishlab chiqruvchi bez)kasalliklari(sut ajralishini ta'minlovchi prolaktin gormonini oshiradi);
3. Ko'krakda infeksiya, o'tkir yallig'lanish, absess;
4. Menopauzaga(yoshi katta ayollarda hayz tugashi davri) yaqinlashish tufayli payto bo'ladigan yallig'lanish;
5. Ko'krak bezi yo'llari papilomasi (usmita);
Ko'krakda sut ajralishi sababini aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o'tkaziladi?
  • Ajralma tekshiruvi;
  • Qon tekshiruvi;
  • Miya tekshiruvi(MRT);
  • Mammogramma yoki ko'krak ultra tovushli diagnostikasi.
Ko'krakda normal bo'magan sut ajralishining jiddiy tomoni bormi?
Ko'pincha yo'q, bu holat o'z vaqtida tekshirilsa, dori vositalari yordamida tez davolanadi. Lekin ajralayotgan suyuqlik rangi ko'krak suti rangidan farq qilayotgan bo'lsa, u holda chuqurroq tekshiruvlar qilinib, jiddiy kasallik ehtimolini aniqlash talab etiladi.
Ko'krakda namoyon bo'ladigan har qanday o'zgarish kechiktirilmagan holda shifokor ko'rigini talab etadi!

BIRINCHI BIZDA"Ko'krakdan sut kelishi sabablari"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

Прокомментировать
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
2018-2019 www.Seriallar.com №1
все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать